Asosiy matnga o‘tish
ru

Reklama, SMM va sayt bo‘yicha savollar

Narx, target, SMM, sayt va agentlik tanlash bo‘yicha ko‘p beriladigan savollar.

Advigo haqida

Advigo nima bilan shug‘ullanadi va qayerda joylashgan?

Advigo (Advigo Digital) Toshkentdagi digital marketing agentligi. Targetlangan reklama, SMM, sayt va landing, logotip va brendbuk bilan ishlaydi. Har bir xizmatni alohida ham, birgalikda ham olish mumkin.

Barcha xizmatlar

Advigo asoschisi kim?

Asoschi Sardor Rustamovich, targetolog. U 2024–2026 yillarda boshqargan 20 ta Meta Ads akkauntining raqamlari ochiq: byudjet, lidlar va 7 yo‘nalish bo‘yicha lid narxi.

Natijalar jadvali

Advigo qaysi sohalar bilan ishlaydi?

Keyslarda ta’lim (Najot Ta’lim, Ilmkon, Mudarris) va med texnika (Kardio Med System) bor. Asoschi Meta Ads’da 7 yo‘nalishni boshqargan: xususiy maktablar, IT, o‘quv markazlari, avtomobil, tibbiyot, moliya va e-commerce.

Keyslar

Toshkentdan tashqaridagi bizneslar bilan ishlaysizmi?

Ha. Advigo Toshkentda joylashgan, xizmat hududi butun O‘zbekiston. Arizada viloyat yoki shahringizni yozing.

Aloqa

Narxlar

Xizmatlar qancha turadi?

Sayt va landing $290 dan, target $450 dan, SMM $780 dan, brending $1000 dan boshlanadi. Bu boshlang‘ich narxlar: yakuniy narx loyiha hajmiga qarab kelishiladi. Reklama byudjeti alohida.

Barcha narxlar

Toshkentda targetolog xizmati qancha turadi?

Advigo’da targetolog xizmati $450 dan boshlanadi. Reklama byudjeti alohida. Xizmatga strategiya va segmentlar, kreativlar, texnik sozlash va kunlik optimizatsiya kiradi. Aniq tarkib va narx kelishiladi.

Target xizmati

Toshkentda SMM xizmati qancha turadi?

Advigo’da SMM $780 dan boshlanadi. Xizmat Instagram, Facebook va Telegram uchun kontent, hamjamiyat boshqaruvi va organik o‘sish strategiyasini o‘z ichiga oladi. Aniq tarkib va narx kelishiladi.

SMM xizmati

Toshkentda sayt yaratish qancha turadi?

Advigo’da sayt yoki landing $290 dan boshlanadi. Xizmatga dizayn, ishlab chiqish, SEO asoslari va analitika sozlamalari kiradi. Aniq tarkib va narx loyiha hajmiga qarab kelishiladi.

Sayt yaratish

Logotip va brendbuk qancha turadi?

Advigo’da brending $1000 dan boshlanadi. Xizmatga logotip, ranglar va shriftlar, brendbuk va dizayn shablonlari kiradi. Aniq tarkib va narx kelishiladi.

Brending xizmati

Nega narx “dan” deb yozilgan?

Chunki bu boshlang‘ich narx. Yakuniy narx loyiha hajmiga qarab kelishiladi: vazifani yozasiz, hajmni ko‘rib taklif beramiz.

Reklama byudjetini kim to‘laydi?

Siz. Byudjet to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z reklama kabinetingizdan sarflanadi va xizmat narxiga kirmaydi. Biz uni taqsimlaymiz va kuzatamiz.

Target va reklama

O‘zbekistonda bitta lid narxi qancha?

Bizda bozor o‘rtachasi yo‘q, bitta portfel bor: asoschi Sardor Rustamovich boshqargan 20 ta Meta Ads akkaunti, 2024–2026. U yerda o‘rtacha lid $1.77, yo‘nalish bo‘yicha $0.75 (avtomobil) dan $2.62 gacha (moliya).

To‘liq jadval

CPL nima va qanday hisoblanadi?

CPL (cost per lead) bitta lid narxi: reklama byudjeti lidlar soniga bo‘linadi. Asoschi portfeli misolida: $411 496 ÷ 232 912 lid = $1.77.

ROAS nima?

ROAS reklamadan kelgan daromadni reklama xarajatiga bo‘lish natijasi: ROAS = daromad ÷ reklama xarajati. ROAS 2x degani reklamaga sarflangan har $1 ga $2 daromad. Daromad deb nimani sanashni oldindan kelishib oling.

Lid nima, sifatli lid qanday aniqlanadi?

Lid mahsulot yoki xizmatga qiziqib, aloqa ma’lumotini qoldirgan odam. Lid hali sotuv emas. Sifat mezonini sotuv bo‘limi bilan oldindan kelishing va nechta lid sotuvga aylanganini alohida o‘lchang.

Targetolog kim?

Targetolog Instagram va Facebook kabi platformalarda reklamani kerakli auditoriyaga sozlaydigan va byudjetni boshqaradigan mutaxassis. Uning ishi so‘rovlar soni va lid narxi bilan o‘lchanadi.

Targetolog va SMM menejer farqi nima?

Targetolog pullik reklamani boshqaradi va so‘rov olib keladi. SMM menejer sahifani yuritadi: kontent, izohlar, muloqot.

Agentlikmi yoki frilanser targetologmi?

Bitta kanal va aniq vazifa bo‘lsa, frilanser yetadi. Reklama, kontent, video va sayt birga kerak bo‘lsa, jamoa qulayroq: vazifalar bitta menejer orqali yuradi. Ikkala holatda ham CPL va so‘rovlar bo‘yicha hisobot so‘rang.

Hisobotda nimalar bo‘ladi?

Target xizmatida haftalik CPL hisobot beriladi: qamrov emas, CPL va so‘rovlar soni ko‘rinadi.

SMM, sayt va brending

SMM va targetni birga olish kerakmi?

Majburiy emas: har bir xizmat alohida buyurtma qilinadi. Lekin reklama bor-u sahifa bo‘sh bo‘lsa, reklamadan kelgan odam ishonmasligi mumkin. Sahifa yaxshi-yu reklama bo‘lmasa, yangi odamlar kam keladi.

Landing yoki korporativ sayt: qaysi biri kerak?

Bitta taklif va reklama trafigi bo‘lsa, landing yetadi. Bir nechta xizmat, kompaniya haqida ma’lumot va qidiruvdan trafik kerak bo‘lsa, korporativ sayt kerak.

Brendbukda nimalar bo‘ladi?

Logotip versiyalari va ularni qo‘llash qoidalari, ranglar, shriftlar, grafik elementlar va shablonlar.

To‘liq marketing xizmatiga nimalar kiradi?

Bitta jamoa: targetolog, kontent-meyker, loyiha menejeri va videograflar. Reklama, kontent va video bitta reja bo‘yicha yuradi, siz bitta menejer bilan gaplashasiz. Narx loyiha hajmiga qarab kelishiladi.

Agentlik tanlash

Toshkentda digital agentlikni qanday tanlash kerak?

Uch narsani tekshiring: keyslarda raqam va davr bormi, hisobot CPL va so‘rovlar bilan beriladimi, reklama kabineti kimning nomida. Natija kafolatini emas, uni qanday o‘lchashlarini so‘rang.

Agentlik ishini qaysi ko‘rsatkichlar bilan tekshirish kerak?

So‘rovlar soni, CPL, sotuvga aylanish va sarflangan byudjet. Qamrov va obunachilar yordamchi raqamlar: ular o‘zi sotuvni ko‘rsatmaydi.

Savolingiz qoldimi?

Savolingiz bu yerda yo‘qmi? Yozing, javob beramiz.

Bepul konsultatsiya
Qo‘ng‘iroq qilish